08:09 / 22.03.2018
9830

Telegram Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat yubordi

Foto: RIA Novosti / Kirill Kallinikov

Telegram internet-messenjeri Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Rossiyada xabarlarni shifrdan ochish bo‘yicha kalitlarni berishdan bosh tortganlik uchun 800 ming rubl miqdorida jarima belgilangani yuzasidan shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda RIA Novosti advokat Pavel Chikovga asosan xabar qilmoqda.

"Telegram Messenger kompaniyasi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Meshchansk sudi qarori ustidan shikoyat yo‘lladi. Bunda FXXga foydalanuvchilar xabarlarini shifrdan ochish kalitlarini taqdim etmaganlik uchun 800 ming rubl miqdorida jarima belgilangan edi", - deya aytib o‘tdi Chikov.

20 mart kuni Roskomnadzor Telegram messenjeri rahbariyatini foydalanuvchilar xabarlarini shifrdan ochish uchun kerakli bo‘lgan ma'lumot taqdim etilishi lozimligi haqida ogohlantirdi.

Messenjer vakillariga talabni bajarish uchun 15 kunlik muhlat berildi. Aks holda servis Rossiya hududida bloklab qo‘yilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top