18:45 / 22.03.2018
25957

Toshkent viloyatida mudhish YTH, 3 kishi halok bo‘ldi va 7 inson jarohat oldi

Foto: slovo.odessa.ua /Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 13.50larda 1994 yilda tug‘ilgan N.S. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Chirchiq-Yangibozor-O‘rtasaroy” yo‘lining 25-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1986 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi S.A. jarohat olib voqea joyida va “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi N.S. hamda “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi, 1972 yilda tug‘ilgan J.T. kasalxonaga keltirilganida halok bo‘lgan.

Shuningdek, “Lasetti” avtomashinasining bir yo‘lovchisi va olti nafar “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Top