16:30 / 23.03.2018
19057

YeIdagi qaysi davlatlar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi mumkinligi aytildi

Foto: RIA "Novosti"

Yevroittifoqning besh mamlakati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda. Ular - Fransiya, Polsha, Estoniya, Latviya va Litva. Bu haqda The Guardian nomi oshkor etilmagan manbalarga asosan xabar beryapti.

Ta'kidlanishicha, bu mamlakatlar Britaniya pozitsiyasiga qo‘shilgan va diplomatlarni chiqarib yuborishni Rossiyaga qarshi chora sifatida ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Yevroittifoq a'zolari RFga qarshi tegishli chorani o‘zaro muvofiqlashgan holda qabul qilishi kerak. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, barcha davlatlar ham GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishida Rossiya qo‘li borligiga ishonmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml London yoki dalillar taqdim etishga, yoki uzr so‘rashga majbur bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Skripal ishi

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi

Barchasi
Mavzuga oid
Top