19:40 / 23.03.2018
15350

Federika Mogerini O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: Bloomberg

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy komissari Federika Mogerini 26-27 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkentda Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro aloqalar» mavzusidagi konferensiyada ishtirok etadi.

Konferentsiyada Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Markaziy Osiyo davlatlari, BMT, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferentsiyada terrorchilik va giyohvandlikka qarshi kurash muammolari, mintaqada tinchlikka erishish yo‘lida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi. 

Top