18:30 / 23.03.2018
14096

Namanganda ham eksperiment boshlandi - Maktabgacha ta'lim vazirligi

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Namangan viloyatining Chust tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasida tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur eksperiment jarayonida viloyatdagi bir necha MChJlar ishtirok etib, ular orasidan “Chust tayyorlov lyuks” MChJ tanlab olindi va ushbu korxona bilan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi o‘rtasida shartnoma imzolandi. 

Endilikda eksperiment g‘olibi bo‘lgan “Chust tayyorlov lyuks” MChJ  tomonidan tumanidagi 8, 28, 30, 34, 35-maktabgacha ta'lim muassasalariga  sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish ta'minlanadi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi MTMga tayyor ovqatlar yangicha yondashuv asosida yetkazib berilayotgan xabar qilingandi.

 

Top