18:10 / 23.03.2018
17332

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 23 mart kuni soat 18:00da O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilish boshlandi.

Kun tartibi:
«G‘alla parvarishida favqulodda holat» davrida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlashda viloyat va tumanlar rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish;
2018 yil hosili uchun chigit ekish mavsumini yuqori darajada uyushqoqlik bilan va sifatli o‘tkazish uchun mutasaddilar va sektor rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati;
Davlat buyurtmasi uchun g‘alla va paxta yetishtirishni kafolatli moliyalashtirish bo‘yicha joriy qilingan yangi tizim afzalliklari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari;
Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mo‘l hosil olishda «Tomorqa xizmati» tuzilmalarining afzalliklari, tomorqada aholining mehnat bilan bandligini ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar.

Top