11:36 / 23.03.2018
64370

Samarqandda qotillik ro‘y berdi

Foto: Depositphotos

Samarqand viloyati Samarqand tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 23.30larda Zaxlik mahallasida yashovchi, RShTYoIM Samarqand viloyati filiali shifokori, 1974 yilda tug‘ilgan M.E. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida, Navbog‘ mahallasida yashagan, 1965 yilda tug‘ilgan M.X.ning ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada M.X. kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. M.E. qo‘lga olingan.

Top