21:31 / 23.03.2018
6230

Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi

Foto: RIA Novosti

Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi, deyiladi messenjerning rasmiy saytida. 

Xabarda ta'kidlanishicha, agar messenjer mamlakat bo‘lganida u dunyoda aholi soniga ko‘ra oltinchi eng katta davlat bo‘lardi. 

"Biz odamlarga so‘zsiz ishonadigan bir paytda 200 million odam ham bizga xuddi shunday ishonar ekan", - deyiladi relizda.

Telegram — matn va fayllar bilan almashish imkonini beruvchi, smartfonlar uchun bepul messenjer. Dastur xorijiy bozorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ishlangan. Servis 2013 yilda ishga tushirilgan.

 

Top