08:13 / 23.03.2018
9970

Toshkent tumanida yong‘in, ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Foto: Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 10.00larda  Masalboy mahallasida yashagan, 1955 yilda tug‘ilgan A.I.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi A.I. va uning o‘g‘li, 1985 yilda tug‘ilgan J.I.ning tutundan dimiqqan hamda kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in A.I. uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Mavzuga oid
Top