8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

08:06 / 23.03.2018 6402

Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisini ishdan bo‘shatdi

Foto: Susan Walsh/AP

AQSh yetakchisi Donald Trampning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilishicha, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster lavozimidan ozod etildi.

«Men Gerbert Makmasterga xizmat uchun juda minnatdorman, u ajoyib ishni amalga oshirdi va mening do‘stim bo‘lib qoladi», - deya yozgan Tramp.

AQSh yetakchisining tvitterda xabar qilishicha, endilikda bu lavozimni Jon Bolton egallaydi.

«Men Jon Bolton milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchim bo‘lishi haqida xabar qilishdan xursandman», - deya yozdi Tramp.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Bolton ushbu lavozimga rasman 9 aprel kuni tayinlanadi.

Top