09:48 / 24.03.2018
19142

Endi tijorat banklarga kirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi

Foto: Kun.uz

Prezident «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha, 2018 yil 1 iyuldan tijorat banklari: 

dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish; 

mijozlarni dastlabki qabul qilish ma'muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish; 

kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun sharoitlarni yaratadi. 

Kredit tashkilotlariga: 

mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya undirish va neustoyka (shtraf, penya), javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash; 

kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobraqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari qoplash uchun neustoyka undirish taqiqlanadi. 

Tijorat banklariga: 

bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish va bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish; 

bank xizmatlariga bo‘lgan talab va o‘zini qoplashni inobatga olgan holda bank filiallari va mini-banklari tarmog‘ini kengaytirish; 

filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha huquqlarini kengaytirish tavsiya etildi. 

Mavzuga oid
Top