13:08 / 26.03.2018
11672

Chopar va Les Ailes'da yuz bergan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: IIBB

Shu yilning 25 martidan 26 martiga o‘tar kechasi poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Chopar» kafesi filialida yong‘in yuz berdi. Olov qo‘shni binoda joylashgan «Les Ailes» kafesiga ham o‘tgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Yong‘in haqidagi xabar tungi soat 2dan 9 daqiqa o‘tganda kelib tushgan. Soat 2.20da o‘t o‘chirish jamoasi voqea joyiga yetib borgan va soat 2.31da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida har ikkala binoning tom qismi hamda «Chopar» kafesi filiali binosining ichki qismi shikastlangan. Qurbonlar yo‘q. Yong‘inga elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Foto: IIBB 
Top