09:35 / 26.03.2018
24706

«Niva»ni tortayotgan qozog‘istonlik ayol tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqni «portlatdi»

Foto: Videodan kadr

Internetda Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan bo‘lgan ayol tasvirlangan video bir soatning ichida 40 ming marotaba tomosha qilindi. U “Niva” markali avtomobilni trosda bir o‘zi tortib ketishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar qilmoqda qozoq OAV.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, odamlar avtoni joyidan qo‘zg‘atishga urinayotgan ayolni kuzatmoqda va qo‘llab-quvvatlab turibdi. Video qahramoni qisqa vaqt ichida mashinani bir necha metrga tortib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bilan birga, ayol bu ishni poshnali oyoq kiyimda bajargan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa Aqto‘be viloyatining Aqtashatu qishlog‘ida ro‘y berdi.

“Aqto‘bening kuchli ayollari” nomini olgan rolik zello.aktobe pabligida e'lon qilindi. Izoh qoldirgan qozog‘istonliklarning yarmi ayol kuchidan hayratga tushishgan bo‘lsa, boshqalari bu ayol emas, balki erkak kishi, degan xulosaga kelgan.

Mavzuga oid
Top