15:38 / 27.03.2018
17053

KXDRdan bo‘lgan sirli poyezd Pekinni tark etdi

Foto: KCNA

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Pekinga ehtimoliy tashrifi o‘z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, seshanba kuni taxminan o‘nta avtomobil va katta qora limuzindan iborat bo‘lgan kortej mototsikllar hamrohligida shahardagi asosiy temiryo‘l vokzaliga yo‘l olgan. Shu bilan birga, politsiyachilar tumanni qo‘riqlab turishdi, shuningdek, fotosuratchilarga xalaqit berishga uringan shaxslar ham bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, avtomobillarda diplomatik raqamlar bo‘lmagan. Keyinchalik Kim Chen In bo‘lishi mumkin bo‘lgan poyezd Pekinni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In tashrifi haqidagi xabarlardan so‘ng Pekinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgandi.

Top