09:38 / 28.03.2018
11011

Londondagi bino tomida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan erkaklar ko‘rinishidagi haykallar o‘rnatildi

Britaniyaning ITV telekompaniyasi vakillari o‘z ofis markazlari binosi tomida yuqoridan pastga o‘zini otmoqchi bo‘layotgan erkaklar ko‘rinishidagi 84 ta haykaldan iborat kompozitsiyani o‘rnatdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Foto: PA

Haykallar 45 yoshdan kichik erkaklar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga bag‘ishlangan “Loyiha 84” doirasida o‘rnatilgan. Statistikaga ko‘ra, bu yoshdagilar hissasiga Buyuk Britaniyada eng ko‘p o‘z joniga qasd qilish holatlari to‘g‘ri keladi.

Foto: REX

Loyiha mualliflari internetda Britaniya hukumatini o‘z joniga qasd qilishning oldini olish dasturlarini takomillashtirishga chaqiruvchi petitsiyani ham joylashtirishgan.

Buyuk Britaniyada 1961 yilgacha o‘z joniga qasd qilishni jinoyat sifatida tasniflovchi qonun amal qilgan.

Foto: PA
Foto: PA

 

Mavzuga oid
Top