23:55 / 28.03.2018
13392

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Belarus respublikasi harbiy delegatsiyasini kutib oldi

Foto: Mudofaa vazirligi

27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytetant Andrey Ravkov boshchiligidagi harbiy delegatsiya keldi. 

28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Belorussiya harbiy delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish borasida fikrlar almashildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

Belarus Respublikasi Mudofaa vaziri O‘zbekiston xalqini o‘tgan Navro‘z – Umumxalq bayrami bilan chin dildan muborakbod etib, mamlakatlarimiz o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur'atlari ortib borayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, uchrashuvda mamlakatlararo har tomonlama va ko‘p rejali hamkorlikni rivojlantirishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani aytib o‘tildi.  

Jumladan, qisqa vaqt davomida harbiy hamkorlikning huquqiy-me'yoriy bazasini kengaytirish borasida salmoqli ishlash qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Belarus Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy akademiyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi tuzildi (2017 yil 20 iyulda, Minsk shahrida), 2018 yilda ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida Harbiy hamkorlik rejasi imzolanib, uning doirasida tadbirlar amalga oshirilyapti. 

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

Suhbat davomida mehmon davlat tomonidan O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining maxsus qo‘shinlar o‘rtasida Belorussiyada muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Doblest i masterstvo” musobaqasida ishtirok etishiga taklif bildirildi. 

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va Belorussiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha Bitim imzolandi.

Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shu kunning o‘zida Belorus Respublikasi Mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek Belorussiya delegatsiyasi poytaxtimizdagi Motamsaro ona monumentiga gulchambarlar qo‘yib, bir qator muzey ekspozitsiyalari bilan tanishishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

29 mart kuni Belorussiya harbiy delegatsiyasi Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish uchun yo‘lga chiqadi.

Top