11:45 / 29.03.2018
17005

Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Sapar Isakov boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, mehmonlarni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara majmuasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va keng jamoatchilik vakillari kutib oldi. 

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, chegara masalalari bo‘yicha aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, shuningdek, savdo-sotiq, turizm, energetika, transport sohalaridagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Foto: O‘zA

Chegara majmuasida mehmonlarni kutib olishga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Sapar Isakov rahbarligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. 

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirlari raisligidagi ikki davlat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Top