16:10 / 30.03.2018
75036

Yana bir bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotgani videosi tarqaldi

Bugun, 30 mart kuni internetda O‘zbekistondagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan birida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani tasvirlangan videoyozuv tarqaldi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati bergan izohda vazirlik hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlagani aytilgan. Vazirlik hozircha ushbu video qachon, qayerda, qaysi bolalar bog‘chasida olinganini aniqlay olmadi.

«Maktabgacha ta'lim vazirligi ushbu holatni o‘z nazoratiga olib, tezkor ishchi guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma'lum qiladi.

Tekshiruv yakunlari bilan aniqlangan har bir holat bo‘yicha Maktabgacha ta'lim vazirligi jamoatchilikni xabardor qilib boradi», deyiladi izohda.

Bungacha ham internetda bir necha marta bog‘cha tarbiyachilari bolalarni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayotgani tasvirlari tarqalgan, vazirlik va tegishli idoralar shu asosda tegishli choralarni ko‘rishgandi.

Top