23:38 / 30.03.2018
9914

Chimkentda o‘nlab odamlar muzqaymoqdan zaharlandi

Foto: BNews.kz

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish qo‘mitasi Janubiy Qozog‘iston viloyatida Chimkentda odamlarning muzqaymoqdan ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan tekshiruv boshladi.    

29 martdan 30 martga o‘tar kechasi Chimkentning yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 61 kishi muzqaymoqdan zaharlanish gumoni bilan murojaat qilgan. Ayni vaqtda 41 kishi, jumladan 20 bola shifoxonaga yotqazilgan. 20 nafar kishiga ambulator davolanish buyurilgan. Dastlabki tashxis – o‘tkir ichak yuqumli kasalligi va ovqat toksikoinfeksiyasi.

Ma'lum bo‘lishicha, barcha jabrlanuvchilar Chimkentdagi Respublika ko‘chasida joylashgan savdo nuqtasidan sotib olingan mevali muzqaymoq iste'mol qilishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, muzqaymoq uchun aralashma uy sharoitlarida tayyorlangan, shu munosabat bilan muzqaymoqni tayyorlash va sotish sharoitlari tekshirila boshlangan. 

Barcha jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Top