09:29 / 30.03.2018
12352

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida pichoqbozlik ro‘y berdi

Illyustrativ foto/ thedailybeast.com

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 27 mart kuni soat 14.00larda, “Furqat” MFY Guliston ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.H. Qo‘rg‘oncha mahallasi hududida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M.ning kurak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada A.M. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.H. qo‘lga olingan.

Top