07:50 / 30.03.2018
4972

Xitoy fazoga ikkita sun'iy yo‘ldosh chiqardi

Foto: China Plus

Xitoy 30 martda 2 ta navigatsiya sun'iy yo‘ldoshi Beidou-3’ga ega “Chanchjen-3V” raketa-tashuvchisini orbitaga muvaffaqiyatli uchirdi. Bu sun'iy yo‘ldoshlar Xitoy tomonidan yaratilayotgan global navigatsiya tizimining bir qismi bo‘ladi.

Xitoy markaziy televideniyesining ma'lum qilishicha, raketa mahalliy vaqt bilan soat 01.56da uchirilgan.

Ikkala sun'iy yo‘ldosh ham 3 soatdan ko‘proq davom etgan parvozdan keyin belgilangan orbitaga chiqqan. Sun'iy yo‘ldoshlar bir qator sinovlardan o‘tgach, avval uchirilgan 6 ta Beidou sun'iy yo‘ldoshi bilan birga ishlaydi.  

Xitoy 2018 yil oxirigacha orbitaga chiqarilgan Beidou-3 sun'iy yo‘ldoshlari sonini 18 tagacha, 2020 yil oxirigacha esa 30 tagacha oshirmoqchi.

Ta'kidlanishicha, Beidou global tizimi 35 ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat bo‘ladi. 

Beidou Xitoy tomonidan yaratilayotgan navigatsiya tizimi bo‘lib, u AQShning GPS va Rossiyaning GLONASS tizimlariga raqobatchi bo‘ladi.Tizim  2020 yilgacha butun dunyo bo‘ylab navigatsiya tizimlarini taqdim qiladi. 

Mavzuga oid
Top