15:00 / 30.03.2018
7913

Qozog‘iston janubida 39 kishi muzqaymoqdan zaharlandi

Foto: Global Look Press

Qozog‘istonda 39 kishi muzqaymoqdan zaharlandi, ular orasida 13 nafar bola ham bor. Bu haqda Janubiy-Qozog‘iston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasidan xabar berishgan.

«Umumiy son – 39 kishi, ular orasida besh yoshgacha bo‘lgan 13 nafar bola bor», - deya ta'kidlab o‘tishgan RIA Novosti’ga idoradan.

U yerdan ta'kidlashlaricha, shifoxonaga murojaat qilganlarning barchasi katta ehtimol bilan bir joydan muzqaymoq yegan.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan ta'kidlashlaricha, zaharlanganlar soni yana ortishi mumkin.

Mavzuga oid
Top