10:15 / 30.03.2018
6854

Tailandda myanmalik 20 muhojir avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi

Tailandda myanmalik 20 mehnat muhojiri avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtobus noma'lum sababga ko‘ra yurib ketayotgan vaqtida yonib ketgan. Bu haqda Nation nashri xabar bermoqda. 

Foto: AP

Ta'kidlanishicha, voqea Tak viloyatidagi trassada yuz bergan. Ikki qavatli avtobus Myanma chegarasidan Tailandning Patxum Txani viloyatidagi sanoat parklaridan biriga 47 muhojirni olib ketayotgan bo‘lgan. 30 mart soat 00:00da avtobus ichida yong‘in chiqqan.

Foto: AP

Yong‘inda omon qolganlarning aytishicha, yong‘in salon o‘rtasida yuzaga kelib, bir zumda avtobusning orqa qismiga o‘tgan va u yerdagi yo‘lovchilarga tashqariga chiqishga imkon bermagan. Haydovchi avtobusni to‘xtatgach, 24 yo‘lovchi, haydovchi, uning rafiqasi va ikkinchi haydovchi transport vositasini tark eta olishgan. Avtobusning orqa qismida bo‘lgan 20 kishi halok bo‘lgan.

Foto: The Nation

Haydovchi o‘t o‘chiruvchilarni chaqirtirgan. Ular yong‘inni tezda o‘chirishgan, biroq ichkarida qolib ketgan odamlarni qutqara olishmagan. Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rnatilmoqda.

Mavzuga oid
Top