11:33 / 30.03.2018
5335

Tramp Amazon’ni soliqlarni to‘lamaganlikda gumon qilmoqda

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilishicha, Amazon kompaniyasi soliqlarni yetarli miqdorda to‘lamayapti.

«Boshqalardan farqli ravishda, ular (Amazon) shtatlar hukumati va mahalliy boshqaruv organlariga kam soliq to‘lashmoqda yoki umuman to‘lashmayapti. Bunda bizning pochta xizmatimiz ularning kureri sifatida ishlatilmoqda (AQShga juda katta miqdorda yo‘qotishlar olib kelyapti) hamda bozordan juda ko‘plab riteylerlarni turtib chiqarmoqda!» - deya yozgan Tramp.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, bu haqda 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan ancha avval gapirishni boshlagan.

Mavzuga oid
Top