00:20 / 31.03.2018
22146

Arnold Shvartseneggerning yuragi shoshilinch operatsiya qilindi – OAV 

Illyustrativ foto/weekfacts.com

Amerikalik aktyor va kulturist, 70 yoshli Arnold Shvartseneggerning yuragi shoshilinch operatsiya qilindi. Bu haqda TMZ nashri xabar bermoqda

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Shvartsenegger Los-Anjyelesdagi Cedars-Sinai gospitaliga uncha murakkab bo‘lmagan jarrohlik operatsiyasi uchun kelgan. Uning kateter klapani almashtirilishi kerak bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, operatsiya vaqtida “temir Arni”ning qon bosimi ko‘tarilib, qon ketish boshlangan. Shu sababli jarrohlar operatsiya xonasida ushlanib qolishlariga va ochiq yurakda operatsiya o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Arni hozir jadal terapiya palatasiga o‘tkazilgan va ahvoli barqaror deb baholangan.

Arni yuragida birinchi operatsiyani 1997 yilda o‘tkazgan. Biroq keyinroq bergan intervyusida bu operatsiyadan bir necha kun keyin yana jarrohlik stoliga yotqazilganini tan olgan. Gap shundaki, Arni operatsiyadan keyingi kuni 3 soat trenajyor zalida o‘tkazgan va sun'iy klapan yorilib ketgan. O‘shandan beri u klapanini ishchi holatda saqlash va almashtirib turish uchun vaqti-vaqti bilan shifoxonaga kelib turadi.

Klapanni almashtirish murakkab operatsiya bo‘lmay, bemor sanoqli kunlarda tiklanadi. Ushbu operatsiya vaqtida murakkabliklar kam uchraydi.

Mavzuga oid
Top