07:48 / 31.03.2018
11770

Dronlar yordamida Xitoyga 80 mln dollarlik iPhone partiyasi olib o‘tgan kontrabandachilar ushlandi

Xitoy bojxona xodimlari Hongkongdan Shenchjenga iPhone’lar olib o‘tish uchun dronlardan foydalangan kontrabandachilar guruhini qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Liu Youzhi/Southern Metropolis Daily, Reuters

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, kontrabandachilar odatda yarimtundan keyin ishlashgan. Ularga chegara orqali smartfon solingan kichik sumkalarni o‘tkazish uchun bir necha soniya kifoya qilgan. Jinoyatchilar shu yo‘l bilan 79,8 mln dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Foto: Liu Youzhi/Southern Metropolis Daily, Reuters

Xitoy mutasaddi idoralarining ma'lum qilishicha, ushbu jinoyat kontrabanda uchun dronlar qo‘llangan Xitoydagi ilk jinoyat bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top