18:26 / 31.03.2018
16980

Qozog‘istonda harbiy xizmatchi harbiy qo‘mita binosida hamkasbini otib o‘ldirdi

Foto: Vladimir Dmitriyev

Qozog‘iston janubidagi Taldiqo‘rg‘on shahrida harbiy xizmatchi harbiy qo‘mita binosida xizmatdoshini otib o‘ldirdi.

Bu haqda Tengrinews.kz Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

«Joriy yilning 31 mart kuni Olmaota oblastining mudofaa ishlari bo‘yicha departamentida hodisa ro‘y berdi, uning davomida harbiy xizmatchi o‘z xizmatdoshini otib o‘ldirdi. Ayni damda ushbu holat bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, harbiy qo‘mita binosi o‘rab olingan.

Top