09:40 / 31.03.2018
8004

Namangan viloyatining Norin tumanida yong‘in, bir inson halok bo‘ldi

Illyustrativ foto/Pixabay

Namangan viloyatining Norin tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 29 mart kuni soat 07.20larda, “O‘zbekiston” MFY S.Adashev ko‘chasida yashagan, nafaqaxo‘r K.Yu. uyida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechini yoqib uxlab qolishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uydagi ko‘rpa to‘shaklar yonib, zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi K.Yu.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top