8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:24 / 31.03.2018 4215

“O‘zbekenergo” AJ va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligi amaliyotga olib kirilmoqda 

“O‘zbekenergo” AJda Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan taqdim etilgan hisobot tizimini xalqaro standartlar asosida yuritishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida seminar treninglar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi. Bu haqda jamiyat Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Foto: “O‘zbekenergo” AJ Axborot xizmati

“O‘zbekenergo” AJ ning “Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish markazi” xodimlari uchun tashkil etilgan seminarlarda tinglovchilar:

-moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarni hisob tizimiga joriy etish;

-xalqaro standartlar doirasida belgilangan tamoyillar va ularga amal qilish;

-moliyaviy hisobotlarni transformatsion jarayonlarida yo‘l qo‘yiladigan xato- kamchiliklar va ularni yuzaga kelmasligini oldi olish muolajalari;

-moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari yordamida korxona va tashkilotlar iqtisodiy ma'lumotlarini shaffofligini oshirish kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar beriladi.

Foto: “O‘zbekenergo” AJ Axborot xizmati

Tashkil etilgan ko‘p bosqichli seminar treninglarning birinchi davri joriy yilning may oyigacha davom etishi rejalashtirilgan. Unda tinglovchilar quyidagi amaliy ko‘nikmalar shakllantirilishi ko‘zda tutilmoqda:

-xalqaro standartlar doirasida shakllantirilayotgan moliyaviy hisobotlarni tezkorlik bilan tayyorlash;

-“O‘zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarini faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob jarayonlarini xalqaro standartlarda yuritishni tashkil etish;

-Xalqaro standartlar doirasida mepping jadvallardan samarali foydalanish;

-Xalqaro standartlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash mobaynida ish vaqtini va vakolatlarini to‘g‘ri taqsimlash.

Foto: “O‘zbekenergo” AJ Axborot xizmati

Tashkil etilayotgan bunday o‘quv seminarlari buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jahon integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkoniyatini beradi. Bu esa “O‘zbekenergo” AJ tizimida buxgalteriya hisobini isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi bosqichi bo‘lib qoladi.​

Ma'lumot uchun, kompaniyalarda moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari asosida tuzishga obektiv zaruratlar mavjud. Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hisobotlarni Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari bo‘yicha tuzish maqsadga muvofiqdir.​

Top