22:10 / 01.04.2018
10333

Konte oxirgi imkonni boy berdi. «Tottenhem» «Chelsi»ga safarda 3 gol urdi

«Tottenhem Hotspur» Angliya chempionatining 32-turida «Chelsi» ustidan g‘alabaga erishdi. Londondagi «Stemford Bridj» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisobni Alvaro Morata ochgandi, u 30-daqiqada darvozabon xatosidan unumli foydalandi. «Tottenhem» Kristian Eriksenning ajoyib zarbasi evaziga birinchi bo‘limdayoq hisobni tenglashtirdi. Tanaffusdan keyin «Chelsi» darvozasi Dele Alli tomonidan ikki bor ishg‘ol etildi.

«Tottenhem» endilikda 64 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa mustahkam joylashdi, «Chelsi» 56 ochkosi bilan – beshinchi.

Shu tariqa, «Chelsi» keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishini katta so‘roq ostida qoldirdi. London derbisidan oldin ushbu o‘yin «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte o‘zini ko‘rsatishi uchun oxirgi imkon ekani, agar u ushbu o‘yinda jamoa bilan g‘alabaga erishsa, unga yana imkon berilishi aytilgandi.

Angliya chempionati
32-tur

Chelsi – Tottenhem 1:3
(1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 30 Morata, 1:1 – 45 Eriksen, 1:2 – 62 Alli, 1:3 – 66 Alli.
Chelsi – Kabalero, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru, 81), Villian, Fabregas, Azar, Kante, Alonso (Emerson, 83), Morata (Xadson-Odoi, 88).
Tottenhem – Loris, Sanches, Devis, Tripper, Vertongen, Dayyer (Vanyama, 81), Dembele, Alli, Lamela (Sissoko, 88), Eriksen, Son Xyn Min (Keyn, 74).
Ogohlantirish: Devis (70).

Top