20:43 / 02.04.2018
5508

Afg‘onistonda 40 dan ko‘proq o‘quvchi qiz dori-darmonlar yonishidan zaharlandi

Foto: AFP 2018 / Wakil Kohsar

Afg‘oniston janubida 40 dan ko‘proq o‘quvchi qiz dori-darmonlar yonishidan zaharlandi. Bu haqda “Pajvak” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Gilmand viloyati sog‘liqni saqlash idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, Lashkargax shahridagi maktablardan birida 43 o‘quvchi qiz hushini yo‘qotib, shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, hozirda ularning ahvoli barqaror. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qizlar maktab yonida yo‘q qilinayotgan, muddati o‘tgan dori-darmonlar yonishida chiqqan moddalardan zaharlanishgan.

Top