08:39 / 02.04.2018
27036
Nurmagomedov va Fergyuson jangi bekor qilindi
Foto: Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dena Uaytning xabar berishicha, amerikalik Toni Fergyuson jarohat oldi. Shuningdek uning bildirishicha, uning rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan 7 aprelga rejalashtirilgan jangi bekor qilindi.  

Uaytning so‘zlariga ko‘ra, tizzasidan jarohat olgan Fergyusonni tashkilotning yarim yengil vazn toifasidagi (66 kilogrammgacha) chempioni Maks Hollouey almashtiradi. Bu haqda Uayt instagramdagi sahifasida xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, jang 7 aprel kuni UFC 223 musobaqasida bo‘lib o‘tadi va kamar uchun kechadi.

Ma'lumot uchun, Fergyuson hamda Nurmagomedovning jangi to‘rtinchi marta bekor qilindi.

 

Top