21:19 / 02.04.2018
14941

YuNISEF bilan eksklyuziv suhbat: uyushmagan yoshlar, bola mehnati va maktabgacha ta'lim davri to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni yaxshi sharoitda emin-erkin ulg‘ayib, tarbiya topishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu masalada BMTning Bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi asosiy bitim 1994-yil 19-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 22-dekabr kuni ratifikatsiya qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi va YuNISEF o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturi (Country program) doirasida olib boriladi. Kun.uz muxbiri ana shu Mamlakat dasturi hamda YuNISEFning o‘zgarmas maqsadlari borasida tashkilotning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sasha Grauman bilan suhbatlashdi.

«Tashkilotimiz O‘zbekistonda olib borilayotgan yangilanish va islohotlar davrini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Biz aynan shu tarzdagi ijobiy islohotlar bilan bola huquqlarini to‘la himoya qilish va bo‘shliqlarni to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘layotganidan xursandmiz. Xabaringiz bor, YuNISEF BMT sha'feligida Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya talablarini hududlarda ijro etilishini kuzatadi. Shuningdek, sohani rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha maslahatlarini beradi. Bu o‘zgarishlarning to‘lqinida bola huquqlarini himoya qilish, konvensiya talablarini bajarish maqsadida vazirliklararo faoliyat olib boruvchi maxsus komissiya tashkil etilgan va unga Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchilik qilmoqda», deb fikr bildirdi janob Garuman.
Sasha Grauman 5 yil avval BMT tomonidan O‘zbekiston uchun taqdim etilgan alohida tavsiyalar asosida Milliy dastur ishlab chiqilgani, unda barcha tavsiyalar inobatga olingani haqida so‘zlab o‘tdi.

«Xalqaro Mehnat tashkiloti bola mehnatidan foydalanish holatlarini atroflicha o‘rganib chiqmoqda. O‘ylaymanki, O‘zbekiston bu sohada ham katta yutuqqa erishdi. Tashkilotning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tizimlashgan bola mehnatidan foydalanish holati mavjud emas. Prezident bu masalada aniq pozitsiyani bildirdi: noqonuniy bola mehnatidan voz kechish bilan birga, o‘qituvchi va shifokorlarni majburiy mehnat ozod etish haqida ko‘rsatmalar berdi. Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi va ta'lim olishi uchun muhim bo‘lgan shifokor, o‘qituvchilar majburan paxta terim mavsumiga jalb etilmasligi bildirildi. Bu masalaga astoydil, izchil ravishda yondashish yaxshi natija beradi», o‘z xulosasini taqdim etdi u. 

Sasha aynan erta ulg‘ayish davri, bola tarbiyasi haqida gapirib o‘tdi. Tabiiyki, bu mezonlar yoshlar siyosatini shakllantirishda qanday rol o‘ynashiga qiziqdik.

«​O‘n yillar davomida xalqaro maydonda yoshlarga oid umumiy siyosatni shakllantirishda erta ulg‘ayish davri muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘p ta'kidlandi. Ilmiy va ijtimoiy tarbiyaning asosi ham mana shu davrda shakllanadi. Mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, maktabgacha ta'lim olgan bola 15 yoshida tengdoshlaridan ko‘ra, uch karra yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Masalaning boshqa bir jihati ham bor. Prezident ta'kidlaganidek, yoshlarning ma'naviy tarbiya topishi kelajak avlodni sof aqidalar bilan ulg‘aytirishda muhim. Ana shu axloqiy masalalar ham erta ulg‘ayish davrida shakllanadi. Bolaning keyinroq jahldor bo‘lishi yoki mehribon bo‘ladimi, bu erta tarbiya topish davrida aniqlanadi. Bolaning ilk hissiyotlari, u boshdan kechiradigan tajribalar kelajakda bolaning qanday rivojlanishini bildiradi. Shunday ekan, bolaning kelajagi uning erta ulg‘ayish davriga qaram, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu tufayli, hukumat bolaning erta ulg‘ayish davriga e'tibor qaratishidan juda mamnunman. Bu yo‘nalishda alohida vazirlik tashkil etildi, agar bu tizim sifatli ishlay olsa, bolaning katta hayotga ilk qadamli mustahkam bosib kirishi uchun tayyor platforma yaratilgan bo‘ladi. Bu tizim bolasini qo‘riqlash uchun tashlab ketgan ota-onaga xizmat qilmaydi, u bolaga nimanidir o‘rgatishi lozim. Biz yangi vazirlik bilan yaqindan hamkorlik istaymiz, ular bilan ishlashda davom etamiz»​, deydi YuNISEF vakili.

Suhbatning to‘liq shaklini ingliz va o‘zbek tilida quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

O‘zbek tilida:

 Inliz tilida:

Mavzuga oid
Top