16:49 / 02.04.2018
16802

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tinch atom bo‘yicha bitim kuchga kirdi

Foto: RIA "Novosti"

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim yakshanba kuni kuchga kirdi. 

2017 yilning oxirida O‘zbekiston poytaxtida bitimni «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev va O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Nodir Otajonov imzolagan edi. Bitim tinch atom sohasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar uchun huquqiy asos yaratadi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘lgan hujjat O‘zbekistonda atom energetikasiga milliy infratuzilmani yaratish va takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash, AES va tadqiqot reaktorlarini qurish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash kabi sohalar belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston mineral-xomashyo bazasini o‘rganish bilan uran konlarini qidirish va o‘zlashtirish, radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish va ularni sanoat, tibbiyot hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llash, ilmiy va fundamental tadqiqotlar o‘tkazish ham birgalikdagi ishlarning yo‘nalishlari hisoblanadi.

Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruhlarni shakllantirish, shuningdek, ekspertlar almashish, seminarlar va simpoziumlarni tashkil etishni nazarda tutadi.

Top