18:46 / 03.04.2018
22541

Dog‘istonlik sobiq amaldor Skripalning zaharlanishi uchun javob berishga tayyor

Foto: TASS

Dog‘iston bosh vaziri vazifasini sobiq bajaruvchi Abdusamad Gamidovning ma'lum qilishicha, Londonda Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor. U ayni damda firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Sud majlisi davomida Gamidov shunday degan: «Bu ish bo‘yicha ayblov tomoni pozitsiyasi Skripal ishini juda eslatib yuboradi, bunda Angliya uchta qog‘ozni ko‘rsatdi va uning asosida Rossiyaga bosim o‘tkazmoqda».

«Mening qamoqda qiladigan ishim yo‘q, asossiz ayblashmoqda, shuning uchun Skripalga suiqasdni ham o‘z bo‘ynimga olmoqchiman, sababi meni baribir qamashmoqchi», - deya ma'lum qilgan Gamidov.

 

Mavzu
Skripal ishi

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi

Barchasi
Top