21:35 / 04.04.2018
7528

Reuters Xitoy bilan savdo urushidan Boeing va Ford eng ko‘p zarar ko‘rishini aytdi

Foto: Luke MacGregor / Bloomberg

AQShning aviasozlik va avtomobilsozlik kompaniyalari Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushidan eng ko‘p ziyon ko‘radi. 

Boeing’ning aksiyalari Nyu-Yorkda savdolar boshlanishidan oldin 5 foizga, maxsus texnika ishlab chiqaruvchi Caterpillar kompaniyasiniki 4 foizga tushib ketdi. Ford, General Motors va Fiat Chrysler kompaniyalari uchun yo‘qotishlar 2,5 foizdan 4 foizgachani tashkil qildi. Tesla aksiyalari esa 5 foiz yo‘qotgan.

“Savdo urushi boshlanishi xavotiri paydo bo‘lgandan keyin aytib kelingandek, sanoatchilar eng kuchli zarbani qabul qiladilar”, deb yozmoqda Reuters.  

Pekin va Vashingtonning boj to‘lovlari kiritishi haqidagi yangiliklar ortida Xitoy indekslari sezilarsiz darajada pastlagan.

4 aprelda Xitoy bozor qiymati 50 mlrd dollarga yaqin bo‘lgan, AQShning 106 ta mahsulotiga 25 foizlik boj to‘lovi kiritishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu bojlarning kiritilishi AQShning harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. Xitoy boj kiritadigan mahsulotlar ro‘yxatida samolyotlar, avtomobillar, soya, go‘sht va kimyoviy moddalar aytib o‘tilgan.    

Xitoy AQSh 25 foizlik boj kiritishi mumkin bo‘lgan 1,3 ming mahsulotdan iborat ro‘yxat e'lon qilinganiga shu tariqa javob bergan. Oq uyda bojlar kuchga kirishi sanasi ma'lum qilinmagan.   

Top