11:43 / 05.04.2018
11197

Baxtiyor Saidov Mo‘g‘ulistondagi elchi etib tayinlandi

Foto: O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi

O‘tgan yilning yozidan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi vazifasida ishlab kelayotgan Baxtiyor Saidov bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi (qarorgohi Pekinda joylashgan) elchi etib tayinlandi.

4 aprel kuni Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulgaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi xabar bergan.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zbek-mo‘g‘ul munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga qiziqish bildirdi.

Top