15:10 / 05.04.2018
31239

Toshkentda AQSh fuqarosi boshqaruvidagi «Captiva» ayol kishini urib ketdi, u vafot etgan

Kecha, 4 aprel kuni soat taxminan 17:00da Toshkent shahrining Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida AQSh fuqarosi bo‘lgan 25 yoshli M.A. «Captiva» rusumli mashinada ayol yo‘lovchi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 1985 yilda tug‘ilgan A.O.ni urib yuborgan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Jarohat olgan yo‘lovchi shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan, biroq bugun ertalab u hayotdan ko‘z yumgan.

Ma'lum bo‘lishicha ayol piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan bo‘lgan, shu paytda, o‘zining tan olib aytishicha, e'tiborsizlik qilgan «Captiva» haydovchisi piyodaga yo‘l bermay urib yuborgan. Haydovchi spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lmagani aytilmoqda.

Top