02:23 / 06.04.2018
10878

Yevropa Ligasi. "Arsenal" TsSKAni yirik hisobda yengdi, "Atletiko" "Sporting"dan ustun keldi

Foto: RIA "Novosti"

Yevropa Ligasi 1/4 finalining ilk o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Arsenal" o‘z maydonida TsSKAni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Remzi hamda Lyakazett 2tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Golovin tomonidan kiritildi. 

"Leyptsig" uyiga safar qilgan "Marsel" kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol Verner tomonidan kiritildi. 

"Atletiko Madrid" esa o‘z maydonida "Sporting"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi – 2:0. Gollarga Koke hamda Grizmann mualliflik qildi. 

"Latsio" hamda "Red Bull" o‘rtasidagi Italiyada kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi – 4:2. Maydon egalalari safida Lulich, Parolo, Anderson hamda Immobile 1tadan gol kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning gollariga Berisha hamda Minamino mualliflik qildi. 

Javob o‘yinlari 12 aprel kuni o‘tkaziladi. 

Arsenal Angliya – TsSKA Rossiya 4:1

Gollar: 1:0 – 9 Remzi, 1:1 – 15 Golovin, 2:1 – 23, penalti Lyakazett, 3:1 – 28 Remzi, 4:1 – 35 Lyakazett.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Remzi, Djaka, Uilsher (El-Nenni, 74), Ozil, Mxitaryan (Ivobi, 61), Lyakazett (Uelbek, 74).
TsSKA –    Akinfeyev, Ignashevich, Berezutskiy, SHCHennikov, Berezutskiy, Natxo (Milanov, 74), Kuchayev, Vernblum, Dzagoyev (Vitino, 65), Golovin, Musa (Xosonov, 83).
Ogohlantirishlar: Dzagoyev (31), Musa (51), Djaka (57), SHCHennikov (58), Akinfeyev (74), Belerin (78).

RB Leyptsig Germaniya – Marsel Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 45 Verner.
RB Leyptsig – Gulachi, Upamekano, Konate, Klostermann, Forsberg (Zabittser, 83), Laymer (Bernardo, 74), Keyta, Demme, Bruma, Ogyusten (Kampl, 70), Verner.
Marsel – Pele, Kamara, Sakai, Amavi, Sarr, Zambo-Angissa, Luis Gustavo, Sanson, Payyet (Lopes, 86), Okampos, Mitroglu (Jyermen, 80).
Ogohlantirishlar: Laymer (15), Kamara (20), Sarr (67).

Atletiko Ispaniya – Sporting Portugaliya 2:0

Gollar: 1:0 – 1 Koke, 2:0 – 40 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi, Koke, Korrea (Gameyro, 53), Diyego Kosta (Parti, 87), Grizmann (Vitolo, 90).
Sporting – Ruy Patrisiu, Koates, Koentrau (Ruben Ribeyru, 80), Pichchini, Mate, Fernandesh (Montero, 87), Vilyam Karvalyu (Akunya, 45), Jyelson Martinsh, Battalya, Ruis, Dost.
Ogohlantirishlar: Saul (25), Koentrau (56), Pichchini (57), Savich (63), Dost (72), Koke (81).

Latsio Italiya – Red Bull Avstriya 4:2

Gollar: 1:0 – 8 Lulich, 1:1 – 30, penalti Berisha, 2:1 – 49 Parolo, 2:2 – 71 Minamino, 3:2 – 74 Felipe Anderson, 4:2 – 76 Immobile.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Basta (Gabarron, 65), Luis Felipe, Milinkovich-Savich, Lulich, Luis Alberto (Felipe Anderson, 65), Parolo, Leyva, Immobile (Kaysedo, 85).
Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Tsar, Edara (Volf, 82), Samasseku, Shlager, Berisha, Gulbrandsen (Minamino, 70), Dabur.
Ogohlantirishlar: Basta (28), Lulich (30), Parolo (45), Shlager (83), Samasseku (83).

Top