10:17 / 07.04.2018
26108

Xorazmda mudhish YTH, ikki shaxs halok bo‘ldi va yana bir inson jarohatlandi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 5 aprel kuni soat 01.10larda, Tuproqqal'a mahallasida yashovchi, tuman MMTP traktorchisi, 1990 yilda tug‘ilgan M.H. o‘ziga biriktirilgan “Magnum” rusumli traktorini  “Shovot-Urganch” yo‘lining 22-kilometrida haydab ketayotib, yo‘lni chap tomoniga burilayotib qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1993 yilda tug‘ilgan O.P. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Spark” avtomashinasi haydovchisi O.P. va yo‘lovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan T.A. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan hamda yana bir yo‘lovchisi, 1990 yilda tug‘ilgan O.R. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Top