22:47 / 07.04.2018
12488

Ma'muriy sud tomonidan Qo‘yliq bozorida noqonuniy faoliyat yuritgan ayolga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rildi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sudlari raislari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan 2018 yilda o‘tkaziladigan sayyor uchrashuvlar grafigi tasdiqlangan.
Bektemir tumanida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar vaqtida tashkilotchilar tomonidan sayyor sudlar xam amalga oshirildi. 
Mana shunday sudlardan biri Qo‘yliq bozorida noqonuniy faoliyat yuritgan fuqaro Sh.ga nisbatan ko‘rildi. Ichki ishlar xodimlari ushbu bozorni tartibga keltirish chog‘ida fuqaro Sh.dan vakolatli organ tomonidan ko‘char savdo faoliyatini yuritishga ruhsat berilgan xujjat so‘rashgan. Fuqaro Sh.ning esa bunday faoliyatni amalga oshirishga ega ruxsatnomasi bo‘lmagan. Ichki ishlar xodimlari noqonuniy faoliyatni to‘xtatishni talab qilishgan. Sudlanuvchi Sh.esa militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarishdan oshkora bosh tortgan. Ma'muriy sud ikkala tarafni eshitdi. Dalillarni to‘plab sudlanuvchi Sh.ni ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 194 moddasi bilan aybdor deb topdi. Sud sudlanuvchi Sh.ning ma'muriy huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganligini hisobga olib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining yarim baravari miqdorida jarima belgiladi. 


Taraflarga sud qaroridan norozi bo‘lgan xolatlarda yuqori turuvchi sudga shikoyat qilishi mumkinligi uqtirilib sud ishi tugatildi.

Top