17:03 / 07.04.2018
6456
Husiylar Yaman prezidenti bilan kelishuvga erishishga tayyor
Foto: AP Photo / Hani Mohammed

Yamanda hukumatni o‘z qo‘lida ushlab turgan «Ansar Alloh» husiylar guruhi vakili Husayn al-Aziyning ma'lum qilishicha, mamlakat prezidenti Abdu-Rabbu Mansur Hadiy va arab koalitsiyasi bilan tinchlik bo‘yicha kelishuvga erishishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Biz tinchlikka tayyormiz, Yaman xalqi g‘ururini hurmat qiluvchi tinchlikka. U Yaman ishlariga yaralashuvga yakun yasashi kerak», - deya aytib o‘tdi al-Aziy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentni qo‘llab-quvvatlayotgan Yaman siyosatchilari «hech narsani hal etmaydigan vositadir, urush bo‘yicha yechim esa Saudiya Arabistoni qo‘lida turibdi». Shuningdek, uning ishonch bildirishicha, Saudiya Arabistoni tomonidan tinchlikka bo‘lgan xohish Yamandagi vaziyatga yechim topish jarayoniga yordam bergan bo‘lardi.

Mavzuga oid
Top