15:16 / 08.04.2018
5851

Hindistonda Modining qarorgohi oldidagi norozilik namoyishi sabab parlament a'zolari qo‘lga olindi

Facebook/CM Ramesh

Hindiston parlamentining TeluguDesamParty (TDP) partiyasiga a'zo qator amaldorlar yakshanba kuni mamlakat bosh vaziri Narendra Modi qarorgohi oldidagi isyon sabab qo‘lga olindi. IndianExpress shu haqida xabar berdi.

Norozilik aksiyasi namoyishchilari Hindiston hukumati rahbari AndxraPradesh shtatiga alohida maqom berishini talab qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, 2014 yilda Tegangan viloyati alohida shtat sifatida e'tirof etilganidan so‘ng Modi shunday va'da bergan. Alohida maqom mahalliy hukumatga Nyu-Dehlidan shtatning yangi ma'muriy markazi — Amravati shahri rivoji uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy yordamga da'vogarlik qilish imkonini beradi. 

Mahalliy OAVga ko‘ra, norozilik aksiyasi ishtirokchilari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi va bugunning o‘zidayoq qo‘yib yuboriladi.

AndxraPradesh shtatiga alohida maqom taqdim etilishiga bo‘lgan bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng "TeluguDesam" partiyasi mart oyida Hindistonning hukmron koalitsiyasidan chiqish haqida e'lon qilgandi. Hozirda bu partiya Hindiston quyi palatasi - Loksabxada 16-o‘rinni egallaydi. Shu bois uning tarkibdan chiqishi koalitsiyaga xavf solmaydi.  

 

Top