09:09 / 08.04.2018
14088

Misrlik muxlis terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun velosipedda Rossiyaga yo‘l oldi (foto)

Misr terma jamoasi muxlisi Muhammad Nofal 28 yil deganda ilk bor mundialga chiqqan mamlakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi. Faqat u boshqalardan farqli ravishda Qohiradan Moskvaga qarab velosipedda yo‘lga tushdi.

— Bu g‘oya Misr terma jamoasi 28 yil deganda ilk bor jahon chempionatiga chiqqanidan so‘ng keldi. Bu yangi tajriba orttirishga turtki bo‘ladi, — deb Nofalning so‘zlarini keltirmoqda RIA "Novosti".

Foto: AP
Foto: AP

Misrlikning baholashicha, Moskvagacha 65 kun ketadi. Nofal sayohati davomida bo‘ladigan mamlakatlar uchun allaqachon vizalar olib qo‘ygan. Shuningdek, unda Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati muxlislariga beriladigan maxsus pasport ham bor. Misrlik sayohatchi yigitning ta'kidlashicha, u yo‘lda uncha ko‘p xarajat qilmaydi, chunki ko‘p davlatlar uni “mehmon qilishadi”.

Foto: AP

Ma'lumot o‘rnida Misr terma jamoasi guruh bosqichida mezbonlar bilan bahs olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv 19 iyun kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top