16:28 / 08.04.2018
77973

Samarqandda fojiali YTH. 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV

Samarqand viloyati Payariq tumanida 2018 yil 7 aprel kuni kechqurun mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. 22 yashar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» avtomashinasi 23 yashar haydovchi boshqarayotgan «Neksiya» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Samarqand viloyat IIB YHXB vakillarining «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, avtohalokat natijasida jami 8 kishi, jumladan, har ikkala mashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan, avtomobillarda bo‘lgan yana uch nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Samarqand viloyat IIB ushbu avtohalokat yuzasidan hozircha rasmiy xabar tarqatgani yo‘q.

Mavzuga oid
Top