20:59 / 09.04.2018
43324

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

G‘ayrat Hidoyatov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosarlaridan biri etib tayinlandi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 apreldagi PF-5403-son Farmoniga asosan G‘ayrat Botirovich Hidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi», deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

G‘ayrat Hidoyatov turli yillarda Adliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Oliy Sudi sudyasi bo‘lib ishlagan, oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top