00:15 / 09.04.2018
11563

Shavkat Mirziyoyev: "Ilm-fan bo‘yicha intensiv va progressiv rivojlanishni yo‘lga qo‘ymasak bo‘lmaydi"

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Davlat rahbarining Facebook sahifasida mazkur uchrashuv videosi taqdim etildi. 

Har bir jamiyat hayoti, shubhasiz, undagi ilm-fan rivojiga chambarchas bog‘liqdir. O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot institutida Fanlar Akademiyasi akademiklari, olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim dargohlari rahbarlari, O‘zbekiston Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

"Bu ilmiy-tadqiqot institutiga kelganimning sababi, uning salohiyatini juda yaxshi bilaman. 22 yillik tanaffusdan keyin akademiklar tayyorladik, chorak asr davomida akademiklarga e'tibor qilinmagani juda katta xato, deb o‘ylayman. Endi biz intensiv va progressiv rivojlanishni yo‘lga qo‘ymasak bo‘lmaydi", - dedi davlat rahbari olimlar bilan muloqot davomida. Prezident  ularning sohaga doir muammolari va takliflarini tinglab, mutasaddi rahbarlarga kerakli ko‘rsatmalar berdi. 

Mavzuga oid
Top