16:05 / 09.04.2018
15142

OTMda ta'lim olish uchun xotini (eri) o‘qishiga yo‘naltiriladigan summa ham jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari turiga kiritiladi

Foto: Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179- moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Loyihada O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olish uchun xotini (eri)ning o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan summalarni ham jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari turiga kiritish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘zining yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining ta'lim olish uchun yo‘naltiriladigan summalarga soliq solinmaydi.

Top