14:02 / 09.04.2018
5349
YouTube bolalar haqida noqonuniy ma'lumot to‘plashda ayblanmoqda
Foto: Guardian

YouTube videoxostingi 13 yoshga yetmagan bolalar haqidagi ma'lumotlarni noqonuniy to‘plashda ayblanmoqda. CNN telekanali shu haqida xabar berdi.

20 huquqni muhofaza qilish tashkiloti AQSh federal savdo komissiyasiga YouTube'dan shikoyat qildi. Ular tarmoqdagi bolalar konfidentsialligining taxminiy buzilishi masalasini o‘rganishni so‘rashmoqda.

Huquq himoyachilari kompaniya bir necha yilda 23 milliondan ziyod bolaning huquqini buzganlikda gumon qilinmoqda. Zero qonunga muvofiq, u ota-onalarni bundan ogohlantirishi va ulardan ma'lumot to‘plash uchun ruxsat olishi kerak. 

Shuningdek videoxostingda 13 yoshdan kichik bolalar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin emasligi ta'kidlanadi, biroq bolalar ko‘pincha bu qoidani chetlab o‘tib, akkaunt yaratishda yoshlarini katta ko‘rsatishadi.

 

Mavzuga oid
Top