8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

00:58 / 10.04.2018 16574

Turkiya 120 yoshli arakanlik qochqin ayolga ko‘mak ko‘rsatdi 

Foto: Anadolu Agency

Bangladeshda boshpana topgan arakanlik musulmonlar orasida 120 yoshli myanmalik momo Azima Xotun ham bor.

“Anadolu” axborot agentligi jurnalistlari momo bilan Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish va bartaraf etish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Balukxali” lagerida tashkil etilgan dala gospitalida uchrashishdi.

Ayolning qizi Oyshaning ma'lum qilishicha, ular uylarini 9 oy oldin tark etib, Bangladeshga 6 kun ichida yetib borishgan.

Momoning yoshi keksaligi sababli u o‘zi yura olmagan va uni ikki o‘g‘li bambukdan yasalgan o‘rindiqda olib yurishgan.

Oyshaning ma'lum qilishicha, uning ikki ukasi Bangladeshga kelgach halok bo‘lganlar va u bir o‘zi keksa onasiga g‘amxo‘rlik qilmoqda.

Azima momo Turkiyaga arakanlik musulmonlarga ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirgan.

Ayni vaqtda Myanmada 300 mingga yaqin musulmon qolgan va ulardan o‘n minglablari Bangladeshda boshpana topishga harakat qilmoqda. 

Top